Toshkentda “Gazel“ haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, daraxtga urildi

    Voqea-hodisalar 10 Aprel 2025 670

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning 10-aprel kuni soat 14:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi 2-darajali yoʻlida “Gazel“ rusumli transport vositasi haydovchisi, rul boshqaruvini yoʻqotib, daraxtga urilishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

    YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan va 2 nafar yoʻlovchiga birinchi yordam koʻrsatilgan.