Musobaqalarda 2000 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari, talabalar va eko-faol yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 2 km va 5 km masofaga yugurish, shuningdek, qizlar 2,5 km va o‘g‘il bolalar 5 km masofaga velomarafon bo‘yicha bellashishdi. 2 km yugurishda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Charosxon Xushvaqtova 1-o‘rinni, 13-maktab o‘quvchilari Shirina Toyirova va Maftuna Abdurahmonova 2- va 3-o‘rinni egallashdi. Erkaklar o‘rtasida esa Dinamo sport jamiyati vakillari Nodirbek Mutalipov va Muhriddin Mirzalipov 1- va 2-o‘rinni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakili Shahriyor Shodiyev esa 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, 5 km masofaga yugurishda Iroda Olimova 1-o‘rin, Kristina Ivanova 2-o‘rin, Laylo Davletyorova esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi, yigitlar o‘rtasida Jobir Qahhorov 1, Bekzod Boymatov 2, Akmal Urinov esa 3-o‘rinni egalladi. Velomarafon bahslarida qizlar o‘rtasida Mohina Elmurodova 1, Anastasiya Safonova 2, Sevinch Gulshanova 3-o‘rinni, yigitlar o‘rtasida Tiloviddin Mamarajabov 1, Ozod Shokirov 2, Amir Toshboyev 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

“Green Games” respublika plogging musobaqasida jami 500 kgga yaqin chiqindi yig‘ildi. Yakunda qizlar o‘rtasida Marjona Xayrullayeva 1-o‘rinni, Nilufar Sunnatova 2-o‘rinni, Dilmira Aripbayeva va Jasmina Muftillayeva 3-o‘rinni, yigitlar o‘rtasida esa Bayramali Xolmurodov 1-o‘rinni, Abubakir Abdulazizov 2-o‘rinni, Behruz Qodirjonov esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar yakunida konsert dasturi va taqdirlash marosimi tashkil etildi. 1-oʻrin sohiblari elektroskuter, 2-oʻrin sovrindorlari elektrosamokat, 3-oʻrin sovrindorlari esa velosipedlar bilan taqdirlandi.