Shu vaqtgacha Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida boʻlgan hamyurtlarimiz ushbu davlatga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Yangi loyihaga koʻra bunday boʻlmaydi. Oʻzbekistonning oʻzida kasb va tilga maqsadli oʻqitiladi.
Bu haqda Samarqandda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaining “Globogate Concept AG” konserni oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilab qoʻyildi.
“Davolash boʻyicha Yevropadagi ikkinchi yirik Universitet klinikasi Aaxen bilan birgalikda Toshkentdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 1-Respublika tibbiyot texnikumi bazasida nemis tibbiy-taʼlim dasturlari asosida «Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil qilinadi. Bir yil davomida kasb va til oʻrgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qoʻlga kiritadi», - dedi “Globogate Concept AG” konserni bosh direktori Sang Vu Pay.
Shartnomada fuqarolarimizning huquqlari ikki davlat qonunlari bilan himoya qilinishi belgilab qoʻyilgan.