Qayd etilishicha, shu yilning 5-aprel kuni soat 16:55 larda Mirobod tumani “Nukus – A. Qahhor« koʻchalari kesishgan chorrahada haydovchi S.M. davlat raqam belgilari oʻzboshimchalik bilan yechilgan, maxsus antenna va "sirena" moslamasi oʻrnatilgan "Malibu-2” rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlanib, oʻzi va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻygan.
Shuningdek, haydovchi bir necha marotaba YPX xodimlarining toʻxtash ishoralariga boʻysunmasdan harakatni davom ettirgan. U kichik serjant A.H. yaqinlashayotganini koʻrib tursa-da, toʻxtamay uni avtomobili bilan turtib yuborib, Nukus koʻchasi boʻylab kapot ustida sudrab ketgan.
Hozirda, holat yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.