Toshkentda Hindiston kompaniyasi ilmiy tadqiqot institutining filiali ochiladi

    Xalqaro hamkorlik 2 Avgust 2023 1172

    Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning Nath Bio-Genes kompaniyasi Markaziy Osiyo boʻyicha direktori doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, xususan, elita urugʻchilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urugʻlarni yaratish, bunda Hindistonning ilgʻor texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish boʻyicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.

    Shuningdek uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish boʻyicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urugʻ navlarini sentyabr oyida Oʻzbekistonga olib kelish va yurtimizda kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish boʻyicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham oʻrtaga tashlandi.