баннер
24 Apr 2025
13:29

    Toshkentda “Howo“ piyodani urib ketdi

    YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, voqea shu yilning 13-aprel kuni soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonobod koʻchasida sodir boʻlgan.

    Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 1998-yilda tugʻilgan D.A. “Hawo“ rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 1969-yilda tugʻilgan piyoda G.D.ni urib yuborgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech