Ikki mansabdor aholining majburiy badal tushumlarini oʻzlashtirib yubordi

    Xavfsizlik 27 Oktabr 2023 1755

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan aholi murojaatlariga asosan oʻrganish ishlari olib borilgan.

    Maʼlum qilinishicha, ikki ikki mansabdor aholining majburiy badal tushumlarini “Mening uyim” billing tizimidan oʻtkazmay, talon-taroj qilgan.

    Jumladan, Uchtepa tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkiloti rahbari O.O. aholi mablagʻlarini bank hisob raqami orqali kirim qilmasdan, oʻzlashtirib, 247 mln soʻmga yaqin mablagʻni talon-taroj qilgan.

    Shuningdek, Yangihayot tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkilotlaridan birining rahbari A.K. 2021-2022-yillar davomida majburiy badal toʻlovni amalga oshirish uchun aholidan undirilgan 154 mln soʻm mablagʻlarini bank hisobiga kirim qilmay, oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    “Mazkur jinoiy xatti-harakatlar sohada nazorat tizimini yanada kuchaytirish zaruratini tugʻdirmoqda. Shu maʼnoda joylarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, boshqaruv tashkilotlarining faoliyatini oʻrganish ishlari amalga oshirilayotganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi vazirlik munosabatida.