Bugun, 14 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida ikkita avtobus ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi.
Hodisa soat 11:00 larda Mirzo Ulug'bek tumani Mirzo Ulug'bek ko'chasida yuz bergan. Unda 2000 yilda tug'ilgan D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli hamda 1972 yilda tug'ilgan T.S. boshqaruvidagi MAN A22 rusumli yo'lovchi tashuvchi transport vositalari o'zaro to'qnashgan.
YTH oqibatida 2 nafar yo'lovchi tan jarohati olgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.