2023-yil 18-avgust kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi markaziy istirohat bog'ida (sobiq "Telman" bog'i) ilk bor "Educo Fest" yoshlar festivali bo'lib o'tadi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad – ekologiya sohasidagi ta'limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo'llab-quvvatlashdir.
Festival ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
"EduCO Fest" ta'lim va ekologiyaning o'zaro uyg'unligi bo'lib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega bo'lgan yashil ta'lim kontseptsiyasini targ'ib qilish, ularning O'zbekistondagi yashil ta'lim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda eko-ekspertlarning bir qator ma'rifiy ma'ruzalari, shuningdek, "Pecha Kucha" ("Pecha Kucha" – zamonaviy konferentsiya formati bo'lib, unda bir soha mutaxassislari hamkasblarining yutuqlari bilan tanishishlari va norasmiy muhitda muloqot qilishlari mumkin) uslubida turli hududlardan kelgan eko-faollarning chiqishlari – norasmiy ma'ruzalar va taqdimotlar, yashil ta'lim uchun imkoniyat burchagi, interfaol tadbirlar, spektakllar. o'yinlar va musiqiy tadbirlar o'tkaziladi.
Festival yakunlari bo'yicha yashil ta'limga qiziquvchi yoshlarning ma'lumotlar bazasi shakllantirilib, ular bilan kelgusida turli loyihalarda hamkorlik qilinadi.