Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” toʻrtinchi xalqaro sanoat koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda

    Koʻrgazma bir qator muhim muammolarni hal qilish, jumladan, eng yangi sanoat texnologiyalarini ilgari surish va korxonalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashishga moʻljallangan.

    Tadbirda turli davlatlarning kompaniyalari ishtirok etmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari balki, Belarus, Turkiya, Xitoy davlatlari delegatsiyasi va kompaniyalari mintaqaviy sanoat hamkorliginining yangi jihatlari va vositalarini muhokama qiladilar.

    Koʻrgazma bir qator muhim muammolarni hal qilish, jumladan, eng yangi sanoat texnologiyalarini ilgari surish va korxonalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashishga moʻljallangan.

    Koʻrgazmada biznesga oid amaliy muloqotlar oʻtkazilib, ishtirokchilarning sanoat salohiyati namoyish etiladi. Shuningdek koʻrgazmada B2B muzokaralar, sanoatda innovatsiya, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi.

    Maʼlumot uchun: Koʻrgazma Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz” pavilionida 22-apreldan 24-aprelga qadar oʻz ishini davom ettiradi.