Yurtimizda ilk bor 5-7-aprel kunlari o'tkazilayotgan sanoat ko'rgazmasi “O'zekspomarkaz” Milliy ko'rgazmalar markazi maydonida o'z namoyishlarini boshladi.
Unda Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, O'zbekiston, Fransiya, Chexiya, Yaponiya singari 10 ga yaqin davlatdan 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va ishbilarmonlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Ko'rgazmada transport va energetika, mashinasozlik, sanoat, shaharlar uchun texnologiyalar, tibbiy asbob-uskunalar va farmasevtika mahsulotlari, metallurgiya va materiallar, plastmassa va kauchuklar namoyish etilmoqda.
Haftalik doirasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.