O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusida bo‘lib o‘tadigan mazkur haftalik doirasida Xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Unda muqobil energetika tizimlari, biotexnologiyalar, kimyo sanoati, robototexnika, atrof-muhit muhofazasi, materialshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot namunalari va tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar namoyish etiladi.
«InnoWeek» - innovatsion g‘oyalar haftaligida dunyoning 50 dan ortiq davlati va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq kompaniyalar, 40 ga yaqin xorijiy tashkilotlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda qatnashishni xohlaydigan innovatsion g‘oya egalari, tadbirkor va investorlar «innoweek.uz» sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va batafsil ma’lumot olishi mumkin.