Poytaxtda suv va kanalizatsiya narxi oshishi kutilmoqda

    Suv ta'minoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan Toshkent shahrida ichimlik hamda  oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda "Toshkent suv ta'minoti" korxonasi ma'lum qildi.

    Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so'm, oqova suv narxi esa 1000 so'm, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so'm oqava suv narxini esa 2200 so'm etib belgilash bo'yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etildi.

    "SHu o'rinda bir jihatga e'tiborni qaratishni istardik. Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda.

    Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo'shimcha ma'lumot taqdim etib boriladi.

    Undan tashqari yakuniy xulosalar bo'yicha ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.