Toshkentda isteʼmolga yaroqsiz 220 kg “Andijon muzqaymogʻi“ aniqlandi

    Salomatlik 10 Iyul 2025 872

    Maʼlumotlarga koʻra, mahsulotlar bir necha marta erib, qayta muzlatilgan, ichiga hasharotlar tushgan va mogʻor bosgan idishlarda saqlangan.

    Qayd etilishicha, Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi va Shayxontohur tumani boʻlim mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Shayxontohur tumanidagi xonadonda 220 kg muzqaymoq antisanitariya sharoitida noqonuniy tarzda saqlanib, aholi isteʼmoli uchun tarqatilayotgani aniqlandi.

    Shuningdek, bir necha marta eritilib, qayta-qayta muzlatilgan muzqaymoq mahsulotlari antisanitariya holatida saqlanayotganligi, mahsulotlar solingan idishlar bir necha vaqtdan beri tozalanmaganligi, erib qayta muzlatilgan muzqaymoqlarning ichiga har xil hasharotlar tushgani maʼlum boʻldi.

    Ushbu noqonuniy harakat toʻxtatilib, muzqaymoqlar belgilangan tartibda yoʻq qilingan va mazkur holatni sodir qilgan 3 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.