Toshkentda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha II Xalqaro forum boʻlib oʻtadi

    Mamlakatimizda 13 May 2023 1855

    2023-yil 18-may kuni HiltonTashkent City mehmonxonasida “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.

    Joriy yilda Forum Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tashkil etildi. Forum BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va BMT Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etilmoqda.

    Yurtimizda boʻlib oʻtadigan Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ikkinchi xalqaro forumda 200dan ortiq delegatlar, shu jumladan, kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha J-PAL global tashabbusi, BMT, BMTTD, XMT, Jahon banki, YUNICEF, OTB, FTA, GIZ va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

    Iqtisod boʻyicha Alfred Nobel nomidagi mukofot sovrindori, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha global tashabbusi J-PAL hammuassisi — AbxidjitBanerdji, Jorj Vashington universitetining farovonlik iqtisodiyoti va kambagʻallikni oʻlchash boʻyicha iqtisod professori —Jeyms Foster, Oksford kambagʻallikka qarshi kurashish va insonkapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori —Sabina Alkayrning ishtiroki katta ahamiyatga ega boʻladi.

    Shuningdek, Forumda Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shichen Chen, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byerde, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Konsuelo Vidal Brus, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Xitoy Xalq Respublikasining kambagʻallikka qarshi kurash xalqaro markazi direktori Lyu Szyunven, Pekin pedagogika universiteti professori, Qishloq hududlari reabilitatsiyasi milliy departamenti rahbari ChjanSi oʻz maʼruzalari bilan qatnashadi.

    Bundan tashqari, Forumda Ozarbayjon Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, XitoyXalq Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi.

    Xalqaro forumning maqsadi – kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor jahon tajribasi vausullarini oʻrganish, yaqin yillarda koʻp oʻlchovli kambagʻallikka barham berishda muvofiqlashgan kompleks yondashuv, ijtimoiy himoya va manzilli yordamga alohida eʼtibor qaratgan holda amalga oshiriladigan qoʻshma tadqiqotlar uchun ustuvoryoʻnalishlarini shakllantirish, inson kapitalini takomillashtirish orqali mehnat bozorida oʻqitish dasturlari sifatini oshirish, kichik korxonalarning oʻsishini qoʻllab-quvvatlash, yuqorisifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat boʻladi.

    Ishtirokchilar rivojlanayotgan mamlakatlarda toʻplangan tajribani yanada ommalashtirish maqsadida kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyichategishli chora-tadbirlarni amalga oshirishdaOʻzbekiston erishgan yutuqlarning usullari vanatijalarini, jumladan, ularningsamaradorligini koʻrib chiqadilar.

    Forum doirasida hamkorlikka oid bir qatorhujjatlarni imzolash va qoʻshma kommyunikeni qabul qilish rejalashtirilgan boʻlib, jumladan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda J-PAL global tashabbusi oʻrtasida Hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmoqda.