“Millar“ dasturida xabar qilinishicha, holat shu yilning 31-may kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Matiz“ rusumli avtotransport vositasi va 1995-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi bilan toʻqnashishi oqibatda “Nexia” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi yoʻlovchini urib, daraxtni sindirgan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam Ilmiy markazining Toshkent filialiga olib borilgan.
Shifokorlarning taʼkidlashicha, bemorda bosh moya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap son suyak sinishi kabi tashxislar qoʻyilgan. Bemorga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilib, reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Rejali davolashlardan soʻng bemorga singan oyogʻi qayta tiklanib, jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.









