Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.M. fuqaro N.J.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 47 dona “Regapen” nomli dori vositasini 3,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shuningdek, fuqaro M.M.ning boshqaruvdagi “Matiz” rusumli avtomashinasi salonida “Regapen”, “Zardeks”, va “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, koʻrinishidan shubhali boʻlgan 1 dona yozuvsiz idishda suyuqlik, gugurt qutida qora rangdagi 2 dona dumaloq shakldagi giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.