Shu yilning 11-yanvar kuni soat 09:00 larda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Axmad Yugnakiy koʻchasida “Lacetti” rusumli avtomashinasi ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanib, asosiy yoʻldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasioa yoʻl bermasligi oqibatida YTH sodir boʻldi.

Buning oqibatida Lada Vesta transport vositasi agʻdarilib ketdi.

Yoʻl transport hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Hozirda xolat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.