баннер
18 Mar 2025
15:58

    Toshkentda “Lacetti” kanalga tushib ketdi

    FVV qutqaruvchilari tomonidan kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻq.

    Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 17-mart kuni soat 19:40 da Mirobod tumani A.Fitrat koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv“ kanaliga “Lacetti” rusumli avtomobil tushib ketganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.

    Maʼlum boʻlishicha haydovchining ehtiyotsizligi natijasida avtomobil kanalga tushib ketgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga 3 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Haydovchi va yoʻlovchilar avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech