Toshkent shahar FVBning xabar berishicha, bugun soat 08:41 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasida, avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 08:46 da batamom oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.