Toshkentda "Lasetti" boshqaruvni yoʻqotib beton toʻsiqqa urildi

    YTH oqibatida mashina haydovchisi va yoʻlovchisi 2006-yilda tugʻilgan Х.Х. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

    Bu haqda Toshkent shahar YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 25-iyul kuni soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005-yilda tugʻilgan А.K. "Lasetti" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi beton ustunga toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Avtomashina haydovchisi va bir nafar yoʻlovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etdi. Mashina ichida boʻlgan 3 nafar yoʻlovchilar:

    2006-yilda tugʻilgan А.I.

    2005-yilda tugʻilgan Z.I.

    2005-yilda tugʻilgan D.K.lar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.