Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida haydovchi 1985-yilda tugʻilgan S.K. “Lasetti” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 2 nafar piyoda 1953-yilda tugʻilgan S.K. va 1960-yilda tugʻilgan K.S.larni urib yuborishi va rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxt poyasiga toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek yana bir piyoda 1960-yilda tugʻilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov davom etmoqda.