Toshkentda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun yangi tizim joriy qilinadi

    Toshkent shahrining “Olmazor” tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqish jarayonini toʻliq raqamlashtiruvchi “Toza Poytaxt” dasturiy taʼminoti sinov tariqasida ishga tushirildi.

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Tizim orqali chiqindi toʻplash texnikasi mahallalar kesimida va belgilangan grafik asosida jalb etiladi.

    Shu yilning 1-sentyabriga qadar loyiha barcha tumanlarga bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan.

    Yangi tizim texnika harakatini kuzatish, chiqindi hajmini hisoblash, xizmat sifatini baholash hamda bajarilmagan ishlar va chiqindi olib chiqilmagan manzillarni avtomatik qayd etish imkonini beradi.