Toshkentda “Malibu-2”, “Lacetti” va elektrobus ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Tashvishli xabar 5 Iyun 2023 1613

    Joriy yilning 5-iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Glinka koʻchalari kesishgan chorrahada yoʻl-transport hodisasi qayd etildi.

    Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga koʻra, 1992-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Lacetti”, 1980-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Malibu-2” va 1970-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Yutong” elektrobusi ishtirokida toʻqnashuv kuzatilgan.

    YTH oqibatida “Malibu-2” avtomashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.