Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 17-noyabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasi Toshkent teleminorasi qarshisida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli, O.Sh. boshqaruvidagi “Malibu-2” hamda A.I. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositalari oʻzaro toʻqnashgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.