Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, fuqaro YTH oqibatida olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, shu yilning 05-noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Osiyo koʻchasida haydovchi 2000-yilda tugʻilgan B.N. “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 1941-yilda tugʻilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.