Toshkentda “Matiz” yonib ketdi

    Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

    2024-yilning 13-mart kuni Mirobod tumani Amir Temur koʻchasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993-yilda tugʻilgan N.A.ga tegishli “Matiz” rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir boʻlganligi oqibatida, yongʻin kelib chiqqan.

    Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.