Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “S.T.“ MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini oʻrnatib, qonunga zid ravishda mayning faoliyatini bilan shugʻullanib kelishi oqibatida 2,1 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.