баннер
22 Apr 2025
11:02

    Toshkentda metropoliten xodimini qoʻrqitib, undan pul undirib yurgan shaxs qoʻlga olindi

    Maʼlumotlarga koʻra, metropoliten xodimini qoʻrqitib, undan pul undirib yurgan mazkur fuqaro avval ham JKining 166-modda (talonchilik) va 169-moddalari (oʻgʻirlik) bilan sudlangan.

    “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati xodimlari tomonidan fuqaro M.A. metroning“Qoʻyliq” bekati navbatchisi A.A. ning shaxsiy hayotiga tahdid qilib, zoʻravonlik yoʻli bilan uni qoʻrqitib undan 500 ming soʻm pulni talab qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan.

    Natijada, 2025-yil 10-aprel kuni IIV Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK “Rejim tartibini taʼminlash” xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda fuqaro M.A. metropolitenning “Harakat” xizmati bekat navbatchisi A.A. dan “Qoʻyliq” metro bekatida tovlamachilik yoʻli bilan navbatdagi 500 000 ming soʻm pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

    Hozirda, M.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda hibsga olingan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech