Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda respublikamiz hukumati elektr energiyasi isteʼmolchilarining oldiga yana bir muhim vazifa – energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va masʼuliyat bilan foydalanish vazifasini qo‘ydi. "Toshshaharnur" davlat unitar korxonasi umumiy vazifalarni bajarib, 16 noyabr kunidan boshlab vaqtinchalik ko‘cha yoritish tarmoqlarini tungi isteʼmolini cheklash tartibiga o‘tkazadi.

Ko‘cha yoritish tizimlarini energiya tejash rejimiga o‘tkazish asosan markaziy ko‘chalarning yoritish tizimiga va illyuminatsiya chiroqlariga taaluqli bo‘lib, ko‘cha chiroqlari butunlay o‘chirilmaydi. 
Ko‘chalar, aholi yashash joylari, mavze va mahallalar meʼyor darajasida yoritilishi taʼminlanadi.

"Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz".