Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi. Qayd etilishicha. 2020-yil 15-yanvarda Ukraina fuqarosi M.M, Toshkentda “Golden Cash story” MCHJ xorijiy korxonasini taʼsis etgan. Korxonaning asosiy faoliyati ulgurji savdo amalga oshirish boʻlsa-da, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot-tashviqot uyushtirib, ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investitsiya tariqasida kiritganlarga haftasiga 2,3%, yiliga 40% dan 262% gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan. Natijada minglab fuqarolardan 100 AQSH dollaridan 10.000 AQSH dollarigacha boʻlgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qoʻlga kiritgan.
Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumondorlarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Jabrlanganlar asosan Toshkent shahri, Fargʻona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Qaraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlaridan.
Tergov harakatlari davom etmoqda