Toshkentda mozaikali binolardan reklama bannerlari olib tashlanmoqda

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-son qaroriga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini oʻrnatish taqiqlanadi.

    Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

    Butun respublika boʻylab mozaika va pannolar milliy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-son qaroriga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini oʻrnatish taqiqlanadi.

    Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Madaniy meros agentligi bu borada chora-tadbirlarni amalga oshirib, bugun Mirobod koʻchasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi.

    "Agar siz milliy roʻyxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, marhamat, mosaic@acdf.uz elektron pochtasi orqali xabar bering.