Koʻngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan bunyod etilgan oʻziga xos “mehmonxona” koʻcha mushuklari uchun yaqinlashib kelayotgan qish kunlarida issiq boshpana vazifasini bajaradi.

Qayd etilishicha, ushbu Mushuklar mehmonxonasi “Mushukkent” loyihasi va Toshkent shahar IIBB himoyasida boʻlib, mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli boʻlishga oʻrgatadi.