Bu haqda hokimlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent yirik megapolislarni ekologik modernizatsiya qilishning xalqaro tajribalarini oʻrganib, changlanishni kamaytirish va havo sifatini yaxshilash boʻyicha zamonaviy yechimlarni izchil ravishda joriy etmoqda.
“Uzoq masofalarga purkovchi dispersiya qurilmasi poytaxt sharoitiga moslashtirilayotgan innovatsion vositalardan biridir”, — deyiladi xabarda.
Ushbu uskunani oʻrnatish uchun tanlangan dastlabki joylardan biri Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasidir.
Sinov tafsilotlari haqida keyingi xabarlarda batafsil maʼlumot berilishi aytildi.