Bahorning yangilanish bayrami — Navro‘z munosabati bilan joriy yil 14-mart kuni soat 16:00 da poytaxtning Amir Temur xiyoboni bo‘ylab otliq parad tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tadbir Milliy gvardiya tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda Toshkent shahridagi kuch tuzilmalarining kavaleriya bo‘linmalari ishtirok etadi.
Parad Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbirlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.