Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, voqea shu yilning 31-oktyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, tumanning Ahmad Donish koʻchasi Lombard qarshisida “Nexia-3” rusumli transport vositasi haydovchisi 2004-yilda tugʻilgan A.A. rul boshqaruvini yoʻqotib beton toʻsiq urilishi oqibatida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar boʻlmagan.
Hozirda hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.