Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 20-yanvar kuni Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasidagi MDIS instituti avtoturargohida harakatsiz turgan “Nexia” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin natijasida tan jarohat olganlar boʻlmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.