Ma’lum qilinishicha, uchib ketayotganlarning buyumlari orasidan nazorat jarayonida bojxona deklarasiyasiga kiritilmagan sakkiz dona tilla tanga topilgan. Fuqaroning tegishli idoralardan tangalarni olib chiqish uchun olingan maxsus guvohnomasi ham bo‘lmagan.

Hozirda aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha bojxona tekshiruvlari o‘tkazilayotgani xabar qilingan.

Davlat bojxona qo‘mitasining eslatishicha, "Madaniy boyliklarning eksporti va importi to‘g‘risida"gi qonunning 8-moddasiga ko‘ra, ellik va undan ortiq yil avval yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqish mumkin emas. Madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan maxsus guvohnoma bilangina amalga oshirilishi mumkin.