Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi rahbari Malika Qudratxo'jaevaning bergan ma'lumotiga ko'ra, shu yilning 25 iyun` sanasiga qadar Toshkent shahrida joylashgan “Tibbiyot dunyosi”, “SWISS LAB”, “VITROS DIAGNOSTICS”, “GENOTEXNOLOGIYA” va “AKFA MEDLINE” singari nodavlat tibbiyot tashkilotlari o'z laboratoriyalarida koronavirus infektsiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini tashkil etish bo'yicha shartnoma imzolashgan.
Ushbu nodavlat tibbiyot muassasalari laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar o'rganilib, koronavirus infektsiyasini tekshirish uchun belgilangan talablarga javob berishi to'g'risidagi tegishli xulosalar berildi.
SHunga ko'ra, poytaxtimizda birinchilardan bo'lib “Tibbiyot dunyosi” MCHJ ushbu yo'nalishdagi faoliyatini 24 iyundan boshlagan bo'lsa, qolgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham shu hafta ichida koronavirus infektsiyasini pullik asosda tekshirishni boshlashini ma'lum qilishgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.