Toshkentda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” transport xizmati yoʻlga qoʻyildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahrida «Ijtimoiy taksi« pilot loyihasini ishga tushirdi.

    Qayd etilishicha, xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur ilovada nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya Yandex Go ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin. Barcha tariflarda xizmat narxlari oʻzgarmaydi.

    Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi.

    Masalan, «mashina topishga yordam bering« manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga oʻtirishga yordam beruvchi izoh koʻrinadi. Eshitishida muammolari boʻlgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni soʻrashi kerak boʻladi.

    Agar “nogironlik aravachasidaman” funksiyasi tanlangan boʻlsa, haydovchida “nogironlar aravachasida boʻlaman, mashinaga oʻtirishda yordam, boʻsh yukxona kerak” izohi koʻrinadi.