Unda Palata raisining maslahatchisi Umid Safarov, mamlakatimizning yetakchi tadbirkorlari hamda bir qator biznes uyushmalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qoʻshma kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish va ikki hudud oʻrtasidagi biznes aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida Umid Safarov tomonidan oʻzbekistonlik tadbirkorlarni AQSH kapital bozorlariga tayyorlash maqsadida Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik oʻrnatish, mamlakatimizda AQSHning yetakchi universitetlari bilan biznes maktabi va akseleratsiya dasturlari yaratish, shuningdek, Toshkentda qoʻshma kasb-hunar kollejini ochish taklif etildi.

Kichik biznes uyushmasi raisi Kamolat Mirzaaliyeva esa Nyu-York kichik biznes birlashmasi bilan hamkorlik oʻrnatish va mahalliy mahsulotlarni AQSH bozoriga eksport qilishda koʻmak soʻradi.

Tadbirkorlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Amerika bozoriga yetkazib berishni kengaytirish, bioximyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtib, ikki tomonlama biznes hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.