Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlum qilishicha, voqea Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasining ikkinchi darajali yoʻlida sodir boʻlgan. 2004-yilda tugʻilgan haydovchi Onix rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetida harakatsiz toʻxtab turgan, 1966-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli GAZ-63 rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

YTH oqibatida Onix avtomashinasi yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

YHXB barcha yoʻl harakati qatnashchilarini qoidalarga qatʼiy rioya qilish, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirmaslik va charchoq holatida transport boshqarmaslikka chaqirdi.