Toshkentda organoleptik xususiyati oʻzgargan mahsulotlar yoʻq qilindi

    Toshkentda organoleptik xususiyati oʻzgargan mahsulotlar yoʻq qilindi. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan Mirobod dehqon bozori hamda “Beshqoʻrgʻon” MCHJ ga qarashli Fargʻona bozorining sanitariya holati hamda mahsulotlarning sifati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan.

    Natijada butunligi buzilgan, isteʼmolga yaroqsiz holga kelgan qator mahsulotlar:

    • 12 kg banan;
    • 58 kg pomidor;
    • 23 kg bulgʻor qalampiri;
    • 5 kg shaftoli;
    • 5 kg gulkaram mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilingan.