Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 2004-yilda tugʻilgan M.O. boshqaruvidagi mazkur avtomashinaning motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi yongʻinga sabab boʻlgan.

Yongʻin favquloda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazishlari hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlari soʻraldi.