баннер
25 Apr 2025
11:24

    Toshkentda oʻtkazilgan “Katta dubulgʻa” turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi 12 ta medalga ega chiqdi

    Dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Toshkentda uch kun davom etgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Bu mamlakatimiz uchun muhim natija boʻlib, tarixda ilk bor bir musobaqada 12 ta medalga ega chiqildi.

    Bellashuvlar davomida dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Oltin medal sohibi:

    • Shaxzodxoʻja Sharipov.

    Kumush medallar egalari:

    • Zamaxshari Bekmurodov (-66 kg),
    • Xurshida Razzoqberdiyeva (-70 kg),
    • Arslonbek Tojiyev (-81 kg)ga nasib etdi.

    Terma jamoamiz sportchilari 8 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi:

    • Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg),
    • Anvarjon Ibrohimov (-60 kg),
    • Muhriddin Tilovov (-66 kg),
    • Artyom Shturbabin (-66 kg),
    • Shahram Ahadov (-73 kg),
    • Nurbek Murtazoyev (-90 kg),
    • Ernazar Sarsenbayev (-100 kg),
    • Alisher Yusupov (+100 kg).

    Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada juda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz imkoniyatlarini namoyon qildi. Bu natija mamlakatimiz dzyudosi taraqqiyoti vakillari uchun katta ilhom manbai boʻlib, kelgusi musobaqalarda ham yuksak marralarni zabt etishga xizmat qiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech