Unda Toshkentda “Fuqarolik jamiyatining muhim boʻgʻini sifatida mahalla institutining oilalarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya natijalari yoritilgan.

“Ushbu xalqaro tadbir Oliy Majlis Senati, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, «Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Tashqi ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Taraqqiyot strategiyasi markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda tashkil etildi», deb qayd etadi nashr.

Xalqaro qonferensiyada UNFPA, UNICEF, OSCE, USAID, KOICA vakolatxonalari xodimlari, Rossiya, BAA, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston diplomatik missiyalari vakillari qatnashgani taʼkidlangan.

Materialda mahalla Oʻzbekiston xalqi uchun milliy qadriyatlarini kuchaytirishda katta rol oʻynaydigan jamoat instituti ekaniga alohida toʻxtalib oʻtildi.

“Mahalla zimmasiga kam taʼminlangan oilalarga yordam berish, oilaviy mojarolarni yechish, ajrimlarni oldini olish, aholini roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa vazifalar kiradi”, deb qayd etadi Indoneziya sayti.

Maqolada, shuningdek, tadbirda mahalla institutining roli “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyiliga mos ravishda amalga oshirish, oilani mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilingani aytib oʻtilgan.

“Konferensiya yakunida xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oila va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalla institutining rolini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi”, deb yozadi “Kompasiana” sayti.