Joriy yilning 10-14 mart kunlari YOshlar ijod saroyida «O'zbekkino» MA va Gyote instituti hamkorligida  «Ovozsiz fil`mlar festivali» o'tkaziladi. 

Mazkur festivalda o'zbek va nemis kinosining ovozsiz klassik fil`mlaridan namunalar namoyish etiladi. Fil`mlar «Safo» guruhining jonli ijrodagi musiqalari jo'rligida havola qilinadi. 

Festivalning ilk kuni Gyote institutida “Respublika kinofondi” DUK direktori eljon Abbasov va  kinoshunos Nigora Karimovalar ishtirokida «Kinolektoriy» hujjatli media loyihasining taqdimoti o'tkaziladi.

Festival` dasturidan "O'lim minorasi", "SHahzoda Ahmadning sarguzashtlari" va "Moxov" fil`mlari o'rin olgan. 

Seanslarga kirish bepul. 

CHiptalar va boshqa ma'lumotlar bo'yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: (97) 4551768

“O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati