Tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Misr rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri Raniya al-Mashat ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, xususan, Misr biznesidan El Sewedy Electric, Hassan Allam Holding, ACDIMA, EPICO, Nile sugar, Badawy Group, Masriya machine, Ebtkarat Smart Systems, Solyphar, Al Farouk For Import & Export va boshqa kompaniyalar ham ishtirok etadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Misrning iqtisodiy salohiyati, sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari taqdim etiladi, G2B va B2B muzokaralari oʻtkaziladi, unda tadbirkorlar hamkorlikning manfaatli yoʻnalishlarini batafsil muhokama qilishlari mumkin boʻladi.
Forum yakunlari boʻyicha iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.