Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat Yoshlar parlamentlari yetakchilari va aʼzolari yoshlarga oid qonunchilik, volontyorlik faoliyati, yoshlarning media savodxonligi sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, har bir davlatda yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyati va loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Undan soʻng uchrashuv ishtirokchilari Senat binosi va uning faoliyati bilan tanishdi, Yoshlar parlamentining maqsad, vazifalari hamda tashkiliy tuzilmasi haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.