Toshkentda Oʻzbekistondagi turoperatorlar uchun Chexiya boʻyicha vorkshop tashkil etildi

    Turizm 25 Aprel 2024 267

    Vorkshopda Chexiyadagi mashhur spa-kurort va mehmonxonalari, Oʻzbekistondagi turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.

    24-aprelda nterContinental Tashkent mehmonxonasida “Chex Odisseyining boshlanishi. Chexiyaning mashhur spa-kurortlari” mavzusida Oʻzbekistondagi turoperatorlar uchun vorkshop boʻlib oʻtdi.

    Vorkshop milliy turoperator Asialuxe Travel tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi vakillari, Chexiya Respublikasining Toshkentdagi elchisi, Chexiyadagi kurort va yetakchi mehmonxonalar rahbariyati, Oʻzbekiston turoperatorlari ishtirok etdi.

    Tadbir ishtirokchilari Chexiya Respublikasining turizm sektorining yangi takliflari bilan tanishishdi. Chexiya Respublikasi va Oʻzbekiston turizm sektori vakillari kurort, tibbiyot va sogʻlomlashtirish sohasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.